16 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +36,4 °C

Mamlakatimizda
8 Aprel  2019 1347

Adweek-2019: global trendlar va kreativ tanlovlar

Poytaxtimizda mana, uchinchi yil, tobora sohaning bosh ma'rifiy va kommunikatsion maydoniga aylanib borayotgan Adweek III Marketing va reklama haftaligi start oldi.

 

Tadbirlar seriyasini esa o‘ziga Rossiya, Ukraina, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston spikerlarini jamlagan Xalqaro marketing konferensiyasi ochib berdi. Shu bilan bir vaqtning o‘zida tematik yo‘nalishlarga bo‘lingan va o‘z ichiga dizayn, brending, kreativ, digital, SMM, reklamadagi vizual texnologiyalar, tashqi reklama, matbaa xizmatlari, esdalik sovg‘a mahsulotlari, web production ni olgan marketing va reklama ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.

 

Forum doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlar ko‘lami o‘tgan yildagiga qaraganda, ikki baravarga oshgan. Shunday qilib, 11 aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyida ABC Show bo‘lib o‘tadi. Uning doirasida katta ekranda eng yaxshi reklama roliklarini tomosha qilish va mutaxassislar sharhlarini eshitish mumkin. Dasturda ekspertlarning chiqishlari va mediakontentlar namoyishi rejalashtirilmoqda.

 

Xuddi shu kuni «International Hotel Tashkent»da sayyohlik biznesi professionallari uchun «Mehmondo‘stlik 2:0: chaqiruvlar va yechimlar», deb nomlangan va Adweek ka to‘g‘rilangan II Markaziy Osiyo turistik forumi bo‘lib o‘tadi.

 

12-13-aprel kunlari «Zarafshon» konsert zalida reklama konferensiyasi va Birinchi Toshkent reklama festivali «TAF!» bo‘lib o‘tadi. Unda reklama va ijod sohasining eng yetakchi vakillari ishtirok etadi va o‘z tajribalari hamda g‘oyalari bilan o‘rtoqlashadi. Konferensiya yakunida esa ishtirok etishga 167 ta ariza topshirilgan «TAF!» ijodiy tanlovi ishlarining muhokamasi o‘tkaziladi.

 

Buning bari poytaxtimiz bahorini nafaqat go‘zallashtiradi, balki yurtimiz reklama maktabi rivojlanishiga poydevor, mamlakatimizda ijodiy agentliklar reytingini tuzish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Tashkilotchilarning ta'kidlashicha, sanoatning faol yuritgichiga aylanadigan yangi professional format shakllantirilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, Marketing va reklama haftaligi «Milliy marketing markazi» korxonalar uyushmasi tomonidan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ko‘magida o‘tkazilmoqda.

 

O‘z axborotimiz.

Muzaffar Abdullayev surati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech