10 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9,3 °C

Mamlakatimizda
27 Sentyabr  2019 6499

Abituriyentlar va keng jamoatchilik diqqatiga

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi “Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida 2020/2021 o‘quv yili qabulidan boshlab test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasini ikki bo‘limga ajratib, birinchi bo‘limga barcha test topshiruvchilar uchun majburiy uchta fan – ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi, ikkinchi bo‘limga abituriyent tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fanni kiritilishi nazarda tutilgan.

Davlat test markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi mutaxassislari tomonidan ma’qullangan majburiy fanlar hamda bakalavriatning ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar bo‘yicha test topshiriqlarining taqsimoti va baholash mexanizmi bo‘yicha quyidagi taklif keng jamoatchilik, ota-onalar hamda abituriyentlar diqqatiga muhokama uchun taqdim etilmoqda:

Majburiy fanlar:

Ona tili - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan;

Matematika - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan;

O‘zbekiston tarixi - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 94.5 ball.

Ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar:

1-fan - 30 ta savol, har biri uchun 3.1 balldan;

2-fan - 30 ta savol, har biri uchun 3.1 balldan.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 186 ball.

Majburiy fanlar bo‘yicha abituriyentlarga beriladigan savollar birinchi murakkablik darajasidagi savollar bo‘lib, ularga javob uchun - ona tili va O‘zbekiston tarixi fanlaridan bir daqiqagacha, matematika fanidan - 1,5 daqiqagacha vaqt ajratilishi mo‘ljallangan.

Test topshiriqlariga javob berish hamda javoblarni javoblar varaqasiga ko‘chirish bilan birga test sinovlariga jami 3 soat vaqt ajratilishi taklif etilmoqda.

 

Davlat test markazi matbuot xizmati

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech