17 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +27,2 °C

Mamlakatimizda
22 Iyul  2019 909

DXMlar orqali “Abiturientlar ruxsatnomasi”ni olish imkoni yaratildi

Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, abiturientlar “Abiturientlar ruxsatnomasi”ni 24/7 rejimida Davlat xizmatlari markazlari orqali olishlari mumkin.

Xabaringiz bor 20-iyuldan boshlab “Abiturientlar ruxsatnomasi”ni topshirilishiga start berildi. Ushbu hujjatni olish uchun maxsus http://ruxsatnoma.dtm.uz platformasi ishga tushirilgan.

Biroq, mazkur saytdan foydalanish ko‘nikmasi mavjud emasligi, ayrim chekka hududlarda aloqa sifati yetarli darajada bo‘lmaganligi abiturientlarda imtihon o‘tkaziladigan kun, vaqt va joy haqidagi ma'lumotlarni olishga to‘sqinlik qilishi ehtimoli bor.

Endilikda ushbu ruxsatnomani muqobil ravishda olish uchun kunu-tun, (hattoki dam olish kunlarida ham) DXMlar orqali tezkor tarzda “Abiturientlar ruxsatnomasi”ni olish imkoni mavjud.

Ruxsatnomani hujjat topshirgan hudud va oliy ta'lim muassasasidan qat'iy nazar o‘zingizga qulay bo‘lgan DXMdan olishingiz mumkin. Ushbu xizmat mutlaqo bepul ko‘rsatiladi.

Shuningdek, “Abiturientlar ruxsatnomasi”ni joylardagi Qabul komissiyalari orqali ham olsa bo‘ladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech