22 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14,5 °C

Xalqaro hamkorlik
3 Fevral  2020 1677

Abdulaziz Komilov AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeo bilan uchrashdi

Bugun – 3-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeo bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbollari hamda mintaqadagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoevning 2018-yil may oyida AQShga tashrifi va Prezident Donald Tramp bilan muzokaralari yakuniga ko‘ra qabul qilingan strategik sheriklikning yangi davri boshlanishi to‘g‘risida Qo‘shma bayonot qoidalarini izchil amalga oshirish, ko‘p qirrali hamkorlikni chuqurlashtirishga tomonlar sodiq ekanligi tasdiqlandi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra O‘zbekiston va AQSh tashqi siyosat idoralari rahbarlari jurnalistlar qarshisida bayonot berdilar va ularning savollariga javob qaytardilar.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech