05 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,9 °C

Turizm
4 Iyun  2020 575

5-iyundan sayohatga chiqsa boʻladi

 Respublika maxsus komissiyasi turizmning qaysi obyektlariga faoliyat yuritishga ruxsat berganligini maʼlum qildi.

 

Unga koʻra, “sariq” hududlarda:

- mehmonxonalar, sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, plyajlar, boshqa dam olish maskanlari va joylashtirish vositalari faoliyatiga (xostellar bundan mustasno);

- mehmon uylari va soliq organlarida roʻyxatdan oʻtgan dala hovlilar (dachalar) faoliyatiga (faqat oilaviy mehmonlarga xizmat koʻrsatish uchun);

- restoran, kafe, oshxona, choyxonalar (mehmonxonalar, sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, plyajlar, boshqa dam olish maskanlarida joylashgan hamda ochiq havoda xizmat koʻrsatuvchi umumiy ovqatlanish obyektlari) faoliyatiga;

“Yashil” hududlarda “sariq” hududlarga qoʻshimcha ravishda madaniyat obyektlari (teatrlar) faoliyatiga, individual va jamoaviy repetitsiyalar oʻtkazish sharti bilan (30 kishidan koʻp boʻlmagan), tomoshabinlar va tashrif buyuruvchilarga ruxsat bermagan holda, spektakllarni onlayn rejimida yoki televideniye orqali translyatsiya qilish yoʻli bilan oʻtkazishga ruxsat beriladi. Bunda xodimlar va bolalarning sogʻligʻi holatini doimiy nazorat qilish (tana haroratini muntazam oʻlchab borish), infeksiya alomatlari mavjud boʻlgan xodimlar va bolalarni mashgʻulotlardan chetlatish, shuningdek, sanitariya-gigiyena va dezinfeksiya talablariga qatʼiy rioya etish talab etiladi.

Shuningdek, 2020-yil 15-iyundan boshlab “yashil” va “sariq” hududlarda umumiy ovqatlanish obyektlari faoliyatiga (8:00 dan 23:00 ga qadar) va hududlar oʻrtasida avtobus qatnovlariga ruxsat berilmoqda. Bunda albatta, sanitar xavfsizlik, bir joyda boʻladigan odamlar sonini chegaralash va masofani saqlash choralariga rioya qilish talablari saqlanib qoladi, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech