05 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +27,5 °C

Dolzarb
19 Mart  2020 864

Londonda 40 ta metro stansiyasi yopildi

Koronavirus pandemiyasi tufayli payshanbadan boshlab Buyuk Britaniya poytaxti Londonda o‘nlab metrostansiyalar yopilib, avtobus yo‘nalishlari qisqartirildi, deb ma’lum qildi Transport for London (TfL) London transporti operatori.

Mazkur qaror koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida qabul qilindi, deyiladi xabarda.

Dushanba kuni Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson britaniyaliklarga uyda turib ishlashga o‘tishni tavsiya qilgan edi. U aholidan safarlarni to‘xtatishni, ommaviy tadbirlarda ishtirok etmaslikni, pablar, klublar va teatrlarga bormaslikni tavsiya qildi. Juma kundan boshlab mamlakatda  maktablar ham yopiladigan bo‘ldi, deb xabar beradi RIA novosti.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech