25 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16,5 °C

Sport
19 Fevral  2020 1417

91 ta sport-ta’lim muassasasi tashkil etiladi

2020-yil 17-fevralda Hukumatningg 90-sonli «Sport-ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

 

Qarorga muvofiq, 2020–2024-yillarda bosqichma-bosqich quriladigan sport inshootlarida 23 ta bolalar va o‘smirlar sport maktablari hamda yetarli sport inshootlariga ega 68 ta bolalar va o‘smirlar sport maktablarining filiallari tashkil etiladi.

Qaror bilan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi sport-ta’lim muassasalarining faoliyati samaradorligini reyting tizimi asosida baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Sport-ta’lim muassasalarida olimpiya sport turlari bo‘yicha shug‘ullanuvchilar sonini oshirish natijasida olimpiya sport turini rivojlantirish reyting baholashning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech