21 Aprel 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,1 °C

Xavfsizlik
28 Mart  2019 508

90 million so‘mlik tillani yutib, o‘zga davlatga uchmoqchi bo‘lgan ikki shaxs ushlandi

“Toshkent” xalqaro aeroporti bojxonachilari quyma tilla bo‘laklarini yurtimizdan noqonuniy olib chiqish bilan bog‘liq navbatdagi qonunbuzarlik holatlarini fosh etishdi, deya xabar beradi Davlat bojxona qo‘mitasi.

 

«Toshkent-Amritsar» yo‘nalishi bo‘yicha  uchib ketishga otlangan va «yashil» yo‘lak orqali harakatlangan ikki nafar fuqaro G.B. va S.X. lar bojxona nazoratidan o‘tish chog‘ida bojxonachilarga hech qanday noqonuniy buyumlarni olib ketmayotganliklarini ma’lum qilishdi.

Ammo, ushbu fuqarolarning o‘zini tutishi bojxonachilarning e’tiborini tortdi. Shundan so‘ng aeroportda o‘rnatilgan zamonaviy “Body scanning” qurilmasida ushbu shaxslar tekshiruvdan o‘tkazilganda ularning ichki a’zolarida metall jismlar borligi oshkor bo‘ldi.

G.B. va S.X. lar jami  vazni 451 grammni tashkil etuvchi, umumiy narxi 90 million so‘mlik  26 dona quyma tilla bo‘laklarini yutgan holda yurtimizdan olib chiqib ketishga urinishgan ekan.

Ammo ularning bu qing‘ir rejalari bojxonachilar e’tibori va zamonaviy texnika vositalari ko‘magida chippakka chiqarildi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech