
9 nafar bokschimiz Osiyo chempionatining yarim finaliga chiqdi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Tailand poytaxti boks bo‘yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Ayni paytga kelib, chorak final bosqichidan o‘rin olgan barcha bellashuvlar yakunlandi va final uchun jang qiladigan vakillarimiz nomi ma'lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.
Chorak final natijalariga ko‘ra, 9 nafar bokschimiz yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi va o‘zlari uchun kamida bronza medalini naqd qilib olishdi. E'tiboringizga yarim finalga yo‘l olgan bokschilarimiz ro‘yxatini ma'lum qilamiz:
Erkaklar:
-49kg: Nodir Mirzahmedov
-56kg: Mirazizbek Mirzahalilov
-60kg: Shukurjon Rahimov
-69kg: Bobo-Usmon Baturov
-91kg: Sanjar Tursunov
+91kg: Bahodir Jalolov
Ayollar:
-57kg: Yodgoroy Mirzaeva
-64kg: Maftuna Meliyeva
-69kg: Shahnoza Yunusova