06 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,3 °C

Salomatlik
22 May  2020 1041

Yana 54 bemor sogʻaydi

Toshkentda 25 nafar, Namanganda yana 9, Andijon viloyatida 4, Samarqand viloyatida 16, jami 54 nafar bemor tuzaldi.

Jami sogʻayganlar soni 2 492 nafarni tashkil qiladi.

Poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 22 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 3 nafar, jami 25 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sogʻaydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan sogʻayganlarning 12 nafari erkak, 10 nafari ayollardir. Ular orasida eng yoshi kattasi 65 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 4 yoshda.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida sogʻayganlarning 1 nafari 52 yoshli erkak, 2 nafari 59 yoshli ayol va 10 yoshli qizaloq.

Toshkentda sogʻaygan bemorlar soni endilikda ular 873 nafarga yetdi.

Shunday qilib Namangan viloyatida COVID-19 dan forigʻ boʻlganlar soni 233, Andijon viloyatida 167, Samarqand viloyatida esa 218 nafarga yetdi.

Ayni paytda mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻayganlar soni 2 492 nafarni tashkil etadi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech