24 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,8 °C

Yashil sayyora
3 Yanvar  2020 2217

8-yanvardan poytaxtimizda “Fayzli Toshkent” aksiyasi boshlanadi

Toshkent shahar hokimligida poytaxtimizda “Fayzli Toshkent” aksiyasini tashkil qilishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi, deb xabar qiladi hokimlik matbuot xizmati.

Toshkent shahar hokimi Jahongir Artikxodjaev yig‘ilish ishtirokchilarining e'tiborini shahrimizning sanitar holatiga qaratdi. Poytaxtimizda obod manzillar tobora ko‘payib borayotgan bir paytda, umuman qarovsiz hududlar ham borligini qayd etib, “Fayzli Toshkent” aksiyasini o‘tkazish orqali yaqin ikki oy muddatda shahar miqiyosida nihoyatda keng ko‘lamli tozalash va obodonlashtirish tadbirlari olib borilishini ma'lum qildi.

Aksiyaga Obodonlashtirish bosh boshqarmasining ming nafar ishchi-xizmatchilari jalb etilishi rejalashtirilgan.
Aksiya doirasida poytaxtimizning 30 ming gektardan ortiq hududi, mavze va daharlardagi qabristonlar, anchadan buyon qarovsiz bo‘lgan ichki ko‘chalar, ariqlar hazonlar, turli shox-shabbalar hamda boshqa turdagi chiqindilardan tozalanadi, daraxtlarga shakl beriladi.
Tungi paytda talab darajasida yoritilmaydigan joylarga qo‘shimcha yoritish vositalari o‘rnatiladi. Poytaxtimiz tom ma'noda sarishta, obod va fayzli shaharga aylanadi.

Bu ishlar uchun shahrimizdagi tegishli boshqarmalardan maxsus texnikalar jalb etiladi.

Yig‘ilishda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari B. Raxmankulov shahar ishchi guruhi rahbari etib tayinlandi.
Shuningdek, har bir hudud uchun mas'ul sifatida belgilangan rahbar ish sifati, samaradorligini nazorat qilib boradi hamda ishlar yakunlangandagi natijani qayd etib oladi va bundan keyingi sarishtaligiga bevosita javobgar hisoblanadi.

Bunday aksiyalarni keyinchalik davomli o‘tkazib borish va Toshkentni eng go‘zal, sarishta va obod shaharga aylantirish ko‘zda tutilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech