19 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +19,8 °C

Agrosеktor
12 Iyul  2019 2561

Pop va Mingbuloq tumanlarida 8 ming gektardan ortiq foydalanishdan chiqqan yer o‘zlashtiriladi

Joriy yilning 9-10-iyul kunlari Jahon banki ekspertlaridan iborat missiya vakillari tomonidan Namangandagi Pop va Mingbuloq tumanlarida joriy etilayotgan yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasi asosidagi eksperiment tajriba o‘rganildi, deb xabar beradi Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati.

Konsepsiyaga muvofiq Pop va Mingbuloq tumanlarida qiymati 20 million dollarga teng  8140 gektar  maydon o‘zlashtiriladi. Mablag‘ning 15 million dollarga teng qismi xalqaro moliya institutlari, 5 million dollarga teng qismi tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Jahon bankining suv resurslarini boshqarish bo‘yicha yetakchi mutaxassisi Azad Adulhamid, Qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha yetakchi mutaxassisi Sergey Zorya hamda  Jahon bankining Olmaota viloyatidagi ofisi loyiha rahbari Animesh Shrivastava va boshqa mutasaddi vakillar Pop tumanidagi “Art Soft Cluster” korxonasi, Chodak massividagi 3500 gektar foydalanishdan chiqqan sug‘oriladigan maydonlarni 4-ko‘tarma nasos stansiyasi va 2 km irrigatsiya tarmoqlarini, “G‘urumsaroy-2” nasos stansiyasi va boshqa majmualarni ko‘zdan kechirishdi.

Jahon bankining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha yetakchi iqtisodchisi Sergey Zorya Pop va Mingbuloq tumanlarida joriy etilayotgan tajriba natijasida qishloq xo‘jaligi yerlari va irrigatsiya tizimlarini isloh qilishda foydalanish mumkinligini ta'kidladi.

– Jahon tajribasida sohani isloh qilishda ishni pilot loyihalardan boshlashadi. Shundan so‘ng loyiha ishi keng joriy etiladi. Xuddi shanday tajriba Marokashda ham keng qo‘llanilmoqda. Bu yerda yerlarning 50 foizini xususiy sektorlar qoplamoqda. Shubhasiz, O‘zbekistonda ham bu loyiha muvaffaqiyatli amalga oshiriladi.

Sinov tariqasida Namangan viloyatining Pop va Mingbuloq tumanlarida amalga oshirilayotgan ishlar kelajakda respublikamizning butun hududida joriy etiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech