04 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,8 °C

Salomatlik
30 Iyun  2020 169

72 yoshli Jizzaxlik bemor vafot etdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan 72 yoshli bemor oʻtkir miokard infarkti, yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumanida yashovchi, 72 yoshli otaxon joriy yil 20-iyunda koronavirusga gumon qilingan va karantin muassasasiga tibbiy kuzatuvga olingan. 22-iyunda esa Jizzax viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Unda 25-iyun kuni koronavirus aniqlangan. Bemorga “Koronavirus infeksiyasi ogʻir kechishi, chap tomonlama bronxopnevmoniya, nafas yetishmovchiligi 2-daraja” tashxisi, shuningdek, “Yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya kasalligi, surunkali yurak yetishmovchiligi, qandli diabet ogʻir kechishi” qoʻshimcha tashxisi ham qoʻyilgan.

Bemor bundan avval, oxirgi 10 yil davomida yurak ishemik kasalligi, stenokardiya va qandli diabet tashxisi bilan davolanib yurgan.

Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli malakali shifokorlar tomonidan nazoratga olingan.

Soʻnggi kunlarda nafas, yurak va oʻpka yetishmovchiligi sababli bemorning ahvoli keskin ogʻirlashib, reanimatsiya boʻlimiga oʻtkazilgan hamda tibbiy yordam koʻrsatilgan.

Biroq shifokorlarning tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor oʻtkir miokard infarkti, oʻtkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech