10 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,7 °C

Salomatlik
4 Iyun  2020 343

72 yoshli bemor vafot etdi

Poytaxtlik bemor oʻpka-yurak yetishmovchiligi va bosh miya qon aylanishining oʻtkir buzilishidan vafot etdi.

2-iyun kuni Toshkentlik 72 yoshli erkak bemorda COVID-19 aniqlanib, Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan edi. U uzoq yillardan buyon yurak ishemik kasalligi, zoʻriqish stenokardiyasi, gipertoniya kasalligi, qandli diabetning ikkinchi turi tashxisi bilan davolanib kelgan. 2000 va 2019-yillarda ikki marta miokard infarktini oʻtkazgan.

Bemor nufuzli mutaxassislar nazoratida boʻlgan. Bundan tashqari, Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi shifokorlari tomonidan konsiliumlar oʻtkazib turilgan. Biroq mutaxassislarning belgilangan standartlar asosida oʻtkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan jonlantirish boʻlimida sunʼiy nafas olish apparatida boʻlgan bemor oʻpka-yurak yetishmovchiligi, bosh miya qon aylanishining oʻtkir buzilishidan vafot etdi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech