22 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -0,4 °C

Xavfsizlik
21 Oktyabr  2019 508

Toshkentda ayolni qo‘rqitib 700 dollar talab qilgan firibgar ushlandi

Eriga xiyonat qilgani haqida mish-mish tarqatishi bilan ayol kishini qo‘rqitib, undan tovlamachilik bilan pul talab qilgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar qiladi IIBB matbuot xizmati.

Ma'lum qilinishicha, ichki ishlar organlariga 37 yoshli Sh.T. murojaat qilib, undan eriga xiyonat qilgani haqida mish-mish tarqatishini aytib, 700 AQSh dollari talab qilayotgan shaxsga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan.

16-oktabr kuni soat 16:30 da Yashnobod tumanida ayolni qo‘rqitgan 35 yoshli Abduvaxob N. pullarni olish vaqtida  qo‘lga olingan. Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi (“Tovlamachilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech