04 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,4 °C

Salomatlik
12 Iyul  2020 448

66 yoshli poytaxtlik onaxon vafot etdi

Qandli diabet kasalligi bilan ogʻrib kelgan bemor koronavirusga chalinib, oʻtkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Poytaxtimizda yashovchi 66 yoshli ayol 1-iyuldan shahar 1-son klinik shifoxonasida davolangan. Unga COVID-19 ogʻir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qoʻyilgan. Kasallik oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi bilan kechgan.

Shuningdek, qandli diabet, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya kabi hamroh kasalliklari bilan ogʻrigan.

Bemor bundan avval, oxirgi 12 yildan buyon qandli diabet kasalligi bilan davolanib kelgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida oʻtkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin ogʻirlashib, oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech