06 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,2 °C

Energetika
11 May  2020 387

623 ta xonadon taʼminlandi

 Sirdaryo viloyati Oq oltin tumani “Saxovat” mahallasida elektr taʼminoti qayta tiklanyapti.

“Sirdaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ ishchi-xodimlari “Sardoba” suv ombori toshqinlari sabab elektr tarmoqlaridan uzilib qolgan aholini elektr energiyasi bilan taʼminlash ishlarini izchil davom ettiryaptilar.

Oqoltin tumani “Saxovat” mahallasidagi7,21 km 10 kVli havo tarmoqlari hamda 110/35/10 kVli “Tinchlik” nimstansiyadan chiquvchi 10 kV kuchlanishli Istiqlol havo tarmogʻida joylashgan 10-0,4 kVli havo tarmoqlari koʻzdan kechirilib, kamchiliklar bartaraf etilishi natijasida mahalladagi 813 ta xonadondan 623 tasiga kuchlanish berildi. Qolgan 190 ta isteʼmolchining xonadonlarida havo tarmogʻidagi va xonadon ichidagi uzilishga sabab boʻlgan muammolarni bartaraf etish ishlari olib borilmokda, deb xabar beradi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech