10 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +0,2 °C

Mamlakatimizda
14 Fevral  2020 1059

618 ta investitsiya loyihasi ko‘plab yangi ish o‘rni degani

Joriy yilda Toshkent shahrida umumiy qiymati 2,8 milliard dollar bo‘lgan 618 ta hududiy investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati shakllantirilgan.

Bu haqda 14-fevral kuni bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining uchinchi sessiyasida ma'lum qilindi.

Sessiya qatnashchilari va deputatlar shuningdek, poytaxt hududida 2019-2020- yillarda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari bo‘yicha o‘tgan yili  amalga oshirilgan ishlar va bu yo‘nalishda joriy yilga mo‘ljallangan rejalar bilan tanishdilar.

Shuningdek, poytaxtimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va hududlardagi muhim masalalarni hal etishga oid boshqa masalalar ham sessiya kun tartibidan o‘rin oldi. O‘rganilgan masalalar bo‘yicha bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida tegishli qarorlar qabul qilindi, deb xabar beradi poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech