05 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +27,5 °C

Salomatlik
24 Aprel  2020 2337

617 bemor shifo topdi

Ikki viloyatdan 19 nafar bemor sog‘ayib, jami tuzalganlar 617 nafarga yetdi.

Bir yo‘la ikki hududdan: Namangan viloyatidan 14 nafar, Andijon viloyatidan 5 nafar bemor butkul sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Namanganda sog‘ayganlarning 4 nafari erkak, 10 nafari ayollar bo‘lib, barcha Namangan viloyatidan.

Andijonda darddan forig‘ bo‘lganlarning 5 nafari ham ayollar bo‘lib, barchasi ushbu viloyatdan. Ikkita viloyatdan jami 19 nafar bemor koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 79 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 20 yoshda.

Shunday qilib, bugun 56 nafar bemor butkul sog‘ayib, ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan bemorlar 617 nafarga yetdi, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech