16 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,8 °C

Bilasizmi?
6 Sentyabr  2019 437

57 yildan so‘ng farzandli bo‘lgan ayol

Hindistonning Andhra-Pradesh shatatida yashovchi ekstrokorporal urug‘lantirish (EKU) yordamida homilador bo‘lgan 74 yoshli ayol ekizak qizlarni dunyoga keltirdi, deya yozadi  «Hindustan Times» gazetasi.

Tug‘uruqxona rahbarining aytishicha, Erramatti Mangayamma kesar kesigi yordamida tuqqan.

«Operatsiya muammosiz o‘tdi. Ona ham, chaqaloqlar ham sog‘-salomat va hech qanday asoratlar yo‘q. Biroq qizaloqlarning onasi intensiv terapiya bo‘limiga yuborilgan. U so‘nggi bir necha soat ichida boshdan kechirgan stressdan chiqishi lozim», deydi u.

Mangayamma chaqaloqlarni emiza olmaydi va shu bois ular donorlik bankidan sut oladi.

Tug‘uruqxona rahbarining so‘zlariga ko‘ra, keksa ayolda diabet va gipertenziya kabi tibbiy asoratlarga ega bo‘lmagani sababli homilador bo‘lishi va farzandni dunyoga keltirishi mumkin edi.

Mangayama va uning 80 yoshli eri Ray Rao 1962-yil 22-martda turmush qurishgan. O‘tgan 57 yil davomida er-xotin farzandli bo‘la olishmagan. Biroq tibbiyotning rivojlanishi sabab 74 yoshli ayolga shu yilning yanvar oyida homilador bo‘lish nasib etdi.

Ilgari (2008-yil) sun'iy urug‘lantirish orqali 70 yoshida egizak farzand ko‘rgan eng keksa ona yana bir hindistonlik Omkari Panvar bo‘lgandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech