20 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34 °C

Sport
13 Fevral  2019 1280

57 nafar Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlariga umrbod oylik to‘lov to‘lab boriladi

Davlatimiz rahbarining tegishli qaroriga asosan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari uchun umrbod oylik to‘lovlar to‘lab borilishi belgilangan edi.

Qaror ijrosini ta’minlash bo‘yicha qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 2017-yilning 27-dekabridagi va joriy yilning 7-fevraldagi tegishli farmoyishlariga asosan, umrbod oylik to‘lov oladigan sportchilar ro‘yxati tasdiqlandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hozircha umrbod oylik to‘lov to‘lab boriladigan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari soni 57 nafarni tashkil etadi.

Ularga Jismoniy tarbiya va sport vazirligining har yili tasdiqlanadigan Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan:

Oltin medal uchun — eng kam oylik ish haqining 10 barobari;

Kumush medal uchun — eng kam oylik ish haqining 5 barobari;

Bronza medal uchun — eng kam oylik ish haqining 5 barobari miqdorida umrbod oylik to‘lab boriladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech