15 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +19,1 °C

Xalqaro hamkorlik
21 Iyul  2020 407

5,6 million dollar tibbiyot muassasalarini jihozlash uchun

Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi bosh direktorining oʻrinbosari bilan muzokaralar boʻlib oʻtdi.

2020-yil 21-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Furqat Sidikov Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi (KAITJ) Bosh direktorining oʻrinbosari Marvan Abdulloh al-Gʻonim bilan videokonferensiya shaklida muzokaralar oʻtkazdi.

Suhbat chogʻida Oʻzbekiston va KAITJ oʻrtasidagi moliyaviy-texnik hamkorlikni yana-da rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Jamgʻarmaning Oʻzbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarda, xususan qishloq hududlarida uy-joylar qurish, suv taʼminoti tizimini yaxshilash va aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash sohasidagi ishtirokiga alohida eʼtibor qaratildi.

KAITJ Bosh direktorining oʻrinbosari koronavirusga qarshi kurash doirasida Oʻzbekiston tibbiyot muassasalarini zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlash uchun 5,6 million dollar miqdoridagi Jamgʻarma mablagʻlarini yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston tomonining taklifini qoʻllab-quvvatladi.

Muzokaralar yakuniga koʻra hamkorlikni yana-da kengaytirish, jumladan KAITJ ishtirokida turli loyihalarni amalga oshirish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech