29 Noyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -2,3 °C

Salomatlik
11 Iyul  2020 758

55 va 67 yoshli ikki bemor vafot etdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan navoiylik 55 yoshli va Surxondaryolik 67 yoshli bemor oʻtkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Navoiy viloyati Zarafshon shahrida yashovchi 55 yoshli erkak kishi 6-iyulda COVID-19 infeksiyasiga namuna topshirgan, shu kuni Zarafshon shahridagi shifoxonaning reanimatsiya boʻlimiga yotqizilgan.

Unga COVID-19 infeksiyasining ogʻir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya, nafas yetishmovchiligining 3-darajasi tashxisi qoʻyilgan. U gipertoniya kasalligi, arterial gipertenziya, yurak ishemik kasalligi, zoʻriqish stenokardiyasi, semizlik kabi hamroh kasalliklar bilan ham ogʻrigan.

Kasallik oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, oʻpka arteriyasi tromboemboliyasi asorati bilan kechgan.

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida yashovchi 67 yoshli erkak kishi 3-iyulda oʻzini yomon his qilgan, nafas yoʻllarida yalligʻlanish boʻlgan. 4-iyulda COVID-19 infeksiyasiga namuna topshirgan va shifoxonaga yotqizilgan.

Unga COVID-19 infeksiyasiga gumon, miokard infarkti, oʻtkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi tashxisi qoʻyilgan. Shuningdek, ikki tomonlama pnevmoniya, oʻtkir yurak ishemik kasalligi, zoʻriqish stenokardiyasi, surunkali yurak yetishmovchiligi, qandli diabet kabi hamroh kasalliklar bilan ham ogʻrigan.

Shifoxonada ularning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiya qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida oʻtkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan har ikkalasining ham ahvoli keskin ogʻirlashib, oʻtkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech