25 Aprel 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,1 °C

Xavfsizlik
18 Mart  2019 630

500 AQSh dollari undirmoqchi bo‘lgan tovlamachi ayollar qo‘lga olindi

Toshkent shahar IIBBning ma’lum qilishicha, 10-mart kuni Mirzo Ulug‘bek tumani ichki ishlar organlariga 19 yoshli Erkin Yu. murojaat qilib, undan ikki ayol 500 AQSh dollari undirmoqchi bo‘layotganini va ularga nisbatan chora ko‘rishni suraydi. 

 

Gap shundaki, 31 yoshli Durdona I. va 33 yoshli Maxfuza X.lar aytilgan pulni bermasa, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga Erkin ularning nomusiga tekkanligi haqidagi ariza yo‘llash bilan tahdid qilgan. Ushbu murojaat bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilib, ayollar pulni qabul qilishayotgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Durdona I. va Maxfuza X.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi bo‘yicha (“Tovlamachilik”) jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech