18 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32 °C

Dolzarb
29 Aprel  2019 916

Germaniyada biryo‘la 50 mashina to‘qnashib ketdi

Ushbu avtohalokat Zul va Mayningen shaharlari o‘rtasidagi 71-avtotrassada yuz bergan.

YTHda olti nafar inson o‘ta og‘ir tan jarohat olgan, yana 25 kishining jarohati o‘rtacha baholanmoqda, deya xabar beradi lenta.ru elektron nashri. Jabr ko‘rganlarni evakuatsiya qilishga ikkita vertolyot safarbar etilgan.

Mutaxassislarning aytishicha, YTHga ob-havo yomonligi sabab bo‘lgan. Kuchli do‘l yog‘ishi va tuman natijasida trassa juda sirpanchiq bo‘lib ketgan. Har ikkiala yo‘nalishda ham mashinalar bir-biri bilan to‘qnasha boshlagan, ba'zilari yo‘l to‘siqlariga urilgan. Hodisa natijasida juda ko‘p avtomobillarning jiddiy shikastlangani ham aytilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech