23 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,8 °C

Xavfsizlik
12 Iyul  2020 922

5 yashar qizcha ...qasddan oʻldirildi

Navoiyda 5 yoshli qizaloq mudhish jinoyatning qurboni boʻldi.

9-iyul kuni Navoiy viloyati Navbahor tumanida sodir etilgan mudhish qotillikka voyaga yetmagan oʻsmir sababchi boʻldi.

Zarafshon shahridagi 6-kichik dahada istiqomat qiluvchi 16 yashar maktab oʻquvchisi 8-iyul kuni ota-onasi bilan birgalikda Navbahor tumani, “Yangihayot” MFYda istiqomat qiluvchi bobosining uyiga mehmondorchilikka borgan.

U yerda amakisining 5 yashar oʻgay qizini oshxona pichogʻi bilan boʻyin sohasiga urib, qasddan oʻldirgan. Voqeaga tasodifan guvoh boʻlgan qizchaning onasiga ham qoʻlidagi pichoq bilan bir necha marotaba tan-jarohati yetkazib, voqea joyidan yashiringan. Ayni payda jabrlanuvchi 32 yoshli ayol tuman Tibbiyot birlashmasining “Jonlantirish boʻlimi”ga yotqizilgan.

– Oiladagi nosogʻlom muhit, ruhiyat va ongning moʻrtligi, mehrsizlik hamda itoatsizlik qonli zoʻravonlikning yuzaga kelishiga sabab boʻldi, – deydi viloyat IIB boshligʻining birinchi oʻrinbosari, polkovnik I.Tillayev. – Shuni alohida taʼkidlash lozimki, ota-onaning farzand tarbiyasidagi eʼtiborsizligi 5 yoshli qizaloqni qurbonga aylantirdi.

Axloqiy hamda jismoniy tarbiyasizlik har qanday jinoyatning bosh omilidir. Gumonlanuvchining jazodan qochishga urinishi, qotillikda oʻzini aybdor his etmasligi uni javobgarlikdan ozod etmaydi.

Navoiy viloyati IIB JQB xodimlarining olib borgan tezkor saʼy-harakatlari natijasida, gumonlanuvchi shu kunning oʻzidayoq qoʻlga olindi, deb xabar beradi IIV matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech