13 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,3 °C

Xavfsizlik
15 Avgust  2019 528

5 ming litr dizel yonilg‘isi kimniki va qayoqqa olib ketilayotgandi?

Bojxonachilar tomonidan dizel yonilg‘isining noqonuniy aylanmasiga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar hamda “O‘zneftgazinspeksiya” hududiy bo‘limi vakillari bilan hamkorlikda dizel yonilg‘isining noqonuniy savdosiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi.

Tadbir davomida “Marg‘ilon-Andijon” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro I.B. boshqaruvidagi “Gaz-5327” rusumli transport vositasi belgilangan tartibda tekshirilganda avtomashina sisternasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan, qiymati 20 mln. so‘mlik jami 5000 litr miqdordagi dizel yonilg‘isi borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech