31 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +5,3 °C

Xavfsizlik
1 Fevral  2020 5233

Dahshatli YTH da 5 kishi vafot etdi

2020-yil 1-fevral kuni taxminan soat 08:30 larda Guliston shahar Guliston ko‘chasida o‘zining boshqaruvidagi «Cobalt» rusumli avtomashinasida harakatlanib ketayotgan 19 yoshli Sh.B. boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga o‘tib ketib, fuqaro 21 yoshli S.M. ning boshqaruvida bo‘lgan «Damas» rusumli avtomashina bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.

Natijada «Damas»  rusumli avtomashinaning 55 yoshli Sh.A., 27 yoshli D.E., 28 yoshli M.S. yo‘lovchilari hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etganlar. Yana 3 nafar shaxs shifoxonaga yotqizilgan. Shuningdek «Damas» haydovchisi S.A.,ga ko‘rsatilgan tibbiy yordamiga qaramay, u shifoxonada vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodekining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (Odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech