05 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,1 °C

Xavfsizlik
13 May  2020 380

4 yoshli bola YTH qurboni boʻldi

Xorazm viloyati, Yangibozor tumanida 4 yashar bolani mashina urib yuborgan.

12-may soat 19:00 larda Yangibozor tumani Qalandoʻrman qishlogʻi hududidan oʻtgan ichki 4K-928 avtomobil yoʻlining 3-kilometrida “Matiz” rusumli transport vositasi meʼyoridan oshirilgan tezlikda harakatlanib kelayotgan.

Shu payti yoʻl chetida ketayotgan 12 va 4 yashar voyaga yetmagan bolalar qoʻl ushlashib ketayotgan. 22 yashar haydovchi boshqaruvidagi avtomashina yaqinlashganda kichik yoshdagi bola katta yoshdagi bolaning qoʻlidan chiqib ketib, yoʻlga yugurib chiqishi oqibatida uni avtomashina urib yuborgan.

Natijada, 4 yoshli piyoda olgan tan jarohatlari ogʻirligi sababli shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Yangibozor tumani IIB TG tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deb xabar beradi IIV matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech