29 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,3 °C

Xavfsizlik
22 Aprel  2020 1541

4 yil avvalgi jinoyat fosh etildi

Bundan to‘rt yil avval Buxoro viloyati Jondor tumanidagi xonadonlarning birida o‘g‘irlik sodir etilgan edi.

Tergov tezkor guruhi tomonidan hodisa joyi ko‘zdan kechirilib, barmoq izlari va boshqa daliliy ashyolar olingan. Biroq, o‘sha vaqtda olib borilgan surishtiruv ishlari natija bermagan. Shunga qaramay, jinoyatni fosh etish borasidagi ishlar davom ettirilgan.

Voqyea bunday bo‘lgandi. 2016-yil 11-oktyabrga o‘tar kechasi noma’lum shaxs Jondor tumanida yashovchi fuqaroning yashash uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonasidagi shkaf ichidan 50 dollar va 150 000 so‘m naqd pullarini o‘g‘rilab ketgan.

Buni qarangki, oradan 4 yil o‘tib, ushbu shaxs yana jinoyatga qo‘l urdi. Surishtiruv davomida Jondor tumanida yashovchi 28 yoshli gumonlanuvchi tuman IIBga keltirilib, undan barmoq izlari olinganda, to‘rt yil avval hodisa joyidan olingan barmoq izlari bilan bir xil ekanligi aniqlangan. Hozirda Jinoyat Kodeksininning 169-moddasi 2-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari qayta tiklandi. E'tiborlisi, tergov davomida ushbu shaxsning boshqa bir nechta jinoiy holatlarga ham aloqadorligi oydinlashmoqda, deb xabar beradi IIV matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech