24 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,1 °C

Xavfsizlik
7 Yanvar  2019 1128

4 milliard 220 million so‘mlikdan ziyod pirotexnika vositalari fosh etildi

Davlat bojxona qo‘mitasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurash boshqarmasi hamda Buxoro viloyati bojxonachilari tomonidan katta miqdordagi pirotexnika vositalarining noqonuniy kirib kelishining oldi olindi, deb xabar qilmoqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘shni davlatdan Buxoro viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi “Juizar” mas’uliyati cheklangan jamiyati nomiga import tartibida olib kelingan yog‘och mahsulotlari bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Natijada vagonlardagi yog‘ochlar ostiga yashirilgan umumiy qiymati 4 milliard 220 million so‘mdan ortiqni tashkil etuvchi 19 turdagi 102 ming 118 dona pirotexnika vositalari hamda 56 turdagi 5613 dona “Gerbolayf” nomli sifati kafolatlanmagan bioaktiv qo‘shimchalar borligi fosh etildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech