09 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3,4 °C

Mamlakatimizda
1 May  2019 1182

4-may kuni Markaziy Osiyo motohavaskorlari uchun moto mavsumi ochiladi

Motomavsum ochilishida yurtimizning baykerlari bilan bir qatorda Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda Tojikistonning 300 dan ortiq mototsiklchilari ishtirok etadi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Motohavaskorlar 4-may kuni “Milliy” stadioni yonida yig‘ilishadi va 8:30da tadbirga  start beriladi. Ikki soatdan so‘ng esa barcha qatnashchilar NEXT savdo ko‘ngilochar majmuasida jam bo‘lishadi va shu yerda motomavsum ochilganligi e'lon qilinadi.

Baykerlar ishtirokidagi shou va turli tomoshalardan so‘ng motohavaskorlar Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Piramida” dam olish majmuasi tomon yo‘l olishadi.

Motomavsum ochilishi uchun O‘zbekiston va uning poytaxti Toshkent tanlanganligi bejiz emas. Chunki mamlakatimizning turistik salohiyati  ortib bormoqda.

Mazkur tadbir Toshkent shahar hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va uning Toshkent shahar departamenti, IIBB hamda motohavaskorlar klublari hamkorligida tashkil etilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech