05 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,1 °C

Xavfsizlik
18 May  2020 431

Sud oʻz hukmini eʼlon qildi

Yunusobod tumanidagi shov-shuvga sabab boʻlgan YTH boʻyicha sud majlisi yakunlandi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Yunusobod tuman sudi, shov-shuvga sabab boʻlgan YTH sababchisi L. Tolmachyovaga hukm oʻqidi.

Jinoyat ishi hujjatlariga koʻra, L.Tolmachyova 2019-yil 04-iyun soat 18:26 da boshqaruvidagi “Nexia-3” rusumli transport vositasini Yunusobod tumani 11-mavze 5-7 uylar oraligʻidagi transport vositalari harakatlanishi uchun moʻljallangan dahalararo yoʻlda harakatlanayotganida, transport vositasini oʻng tomonga burib, avtomashinalar va piyodalar harakatlanishi uchun moʻljallangan yoʻlga oʻtgan.

Bu yerda esa 13-14 yoshdagi bolalarni yoʻl yoqasida turishganligini koʻrgan. Birdaniga yoʻl harakati qoidalarini qoʻpol ravishda buzib, harakatlanishni davom ettirib, bolalarni bosib ketgan.

Buning oqibatida voyaga yetmagan 14 yashar bola olgan tan jarohatlari bilan hodisa joyida vafot etgan. Bolalardan yana biri sogʻliqning qisqa muddatga buzilishiga olib kelmagan “yengil”, uchinchisi “oʻrtacha ogʻir” tan jarohatlari olganlar.

Sud jarayonida, sudlanuvchi, guvoh, jabrlanuvchi va ularning qonuniy vakillarini koʻrsatuvlari eshitilib, toʻplangan dalillar va sudlanuvchining himoya nutqi tinglandi.

Sud jinoyat ishi hujjatlarini har tomonlama toʻliq tekshirib, 2020-yil 18-may kunidagi hukmga koʻra, L.Tolmachyovani Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam oʻlishiga sabab boʻlgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan aybdor deb topib, 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish, 3 yil muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etgan. Aybdor L.Tolmachyova ozodlikdan mahrum qilish jazosini manzil koloniyasida oʻtashi, jazo muddati 2019-yil 06-iyun oyidan boshlab hisoblanishi belgilangan, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech