22 Aprel 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,2 °C

Ijtimoiy hayot
2 Aprel  2019 520

3-4-aprel kunlari Toshkent shahrining ba’zi hududlarida gaz vaqtincha o‘chadi

Joriy yilning 3-aprel kuni Sergeli tumanidagi “Obod” mahallasida gaz ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida past bosimli gaz quvurini o‘rnatish ishlari olib borildi. Bajarilgan ishlar sifati va gaz quvurlari sozligini tekshirish maqsadida Toshkent shahar gaz ta’minoti hududiy bo‘limi tomonidan shu hududdagi 280 xonadonda soat 11: 00 dan 17: 00gacha gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

 

Shuningdek, 4-aprel kuni Yashnabod tumanidagi  58 harbiy shaharchada yer osti gaz quvurida gaz sizib chiqish holatini bartaraf etish maqsadida Toshkent shahar gaz ta’minoti hududiy bo‘limi tomonidan shu hududdagi uchta to‘rt qavatli uydagi 300 ta  xonadonda soat 11:00 dan 16:00 gacha gaz ta’minoti  vaqtincha to‘xtatiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech