21 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,7 °C

Mamlakatimizda
5 Fevral  2019 979

293 ta holatda 177,9 mln. so‘m vafot etganlar uchun pensiya to‘langan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son Farmoniga muvofiq, Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi zimmasiga pensiya va ijtimoiy nafaqalarning o‘z vaqtida hamda to‘liq yetkazib berilishi yuzasidan doimiy monitoringini amalga oshirish vazifasi yuklatilgan.

Mazkur vazifalar ijrosi yuzasidan Pensiya jamg‘armasi xodimlari tomonidan monitoring o‘tkazildi. Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining ma’lum qilishicha, 2018-yil davomida jami 4221 ta holatda 2 776,5 mln. so‘m AT “Xalq bank” xodimlari tomonidan belgilangan tartibga zid ravishda to‘lovlar amalga oshirilgani aniqlangan.

Jumladan,

  • 293 ta holatda 69,6 mln.so‘m bank xodimlari tomonidan o‘zlashtirilgan;
  • 97 ta holatda 40,8 mln. so‘m to‘lov ro‘yhatlariga imzolarni qalbakilashtirilgan;
  • 293 ta holatda 177,9 mln. so‘m vafot etgan fuqarolarga to‘langan;
  • 572 ta holatda 384,1 mln. so‘m ishonchnomasiz o‘zga fuqarolarga to‘langan;
  • 651 nafar yotoqdagi fuqarolarning 398,6 mln so‘m pensiya va nafaqa pullari uyiga olib borib berilmagan;
  • 75 ta holatda 100,5 mln. so‘m respublikadan tashqariga, 388 ta holatda 740,3 mln. so‘m hududdan tashqariga ko‘chib ketgan fuqarolarga to‘langan;
  • 241 ta holatda 290,3 mln. so‘m muddati tugagan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarga asosan to‘langan;
  • 8 ta holatda 9,1 mln. so‘m jazoni ijro etish muassasalarida bo‘lgan fuqarolar uchun to‘langan;
  • 745 ta holatda 2,7 mln. so‘m pensiya puliga turli xil buyumlar qo‘shib berilgan;
  • 858 ta holatda 562,6 mln. so‘m boshqa amaldagi tartib buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan.

Monitoring ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

 

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech