27 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,4 °C

Xavfsizlik
23 May  2019 465

27.500 AQSh dollari miqdorida pora taklif qilindi

Andijon viloyati, Paxtaobod tuman prokuraturasi ish yurituvidagi jinoyat ishi yuzasidan fuqaro I.I. (1970 y.t.) jinoyat ishining o‘ziga oid qismini ijobiy hal qilib berishi uchun jami 27.500 AQSh dollari taklif qilgan, deb xabar bermoqda bosh prokuratura matbuot xizmati.

Fuqaro 7.500 AQSh dollarini naqd shaklda hamda “J.S.K.” AJ hududidagi, bozor narxi 20.000 AQSh dollariga teng bo‘lgan savdo do‘konini tergovchi aytgan fuqaro nomiga rasmiylashtirib berishni aytgan.

Ushbu holat yuzasidan tuman prokuraturasi tergovchisi viloyat prokurori nomiga fuqaro I.I. unga pora taklif qilayotganligi to‘g‘risida bildirgi bilan murojaat qilgan.

Fuqaro I.I. 21-may kuni tergovchiga kelishilgan 27.500 AQSh dollaridan 3.000 AQSh dollarini bergan hamda “J.S.K.” AJ hududidagi, bozor narxi 20.000 AQSh dollariga teng bo‘lgan savdo do‘konini rasmiylashtirib berish uchun tergovchidan pasport nusxani olayotgan vaqtida viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan I.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech