19 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,3 °C

Mamlakatimizda
9 Oktyabr  2019 333

Samarqandda 25 nafar fuqaro “Xot-dog”dan zaharlandi

Bugun, 9-oktabr kuni soat 09:30da Samarqand shahar DSENM tomonidan berilgan xabarga ko‘ra, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga jami 25 nafar fuqarolar “Ovqatdan zaxarlanish toksikoinfeksiyasi yengil-o‘rta darajasi” tashxisi bilan yotqizilgan, deb xabar qiladi bosh prokuratura matbuot xizmati.

Aniqlanishicha, ushbu fuqarolar 6-oktabr kuni shahardagi “Siyob dehqon bozori” hududida joylashgan ovqatlanish do‘konchasidan “Xot-dog” mahsulotlarini xarid qilib, ist'emol qilganliklari natijasida sog‘lig‘i yomonlashib shifoxonaga murojaat qilishgan.

Hozirda bemorlar ahvoli qoniqarli bo‘lib davolash muolajalari davom etmoqda.

Zaharlanish holati yuzasidan “Xot-dog” tayyorlash do‘konchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan JK 257{1}-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech