15 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,5 °C

Kеyingi avlod
24 Oktyabr  2019 451

Toshkent shahridagi 22-maktab Xalqaro tanlovining final bosqichiga yo‘l oldi

Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi ko‘magida Toshkent shahri, Olmazor tumanidagi 22-maktabda ishlab chiqilgan “Quyoshdan quvvat ol” (“Take the Power from the Sun”) loyihasi Birlashgan Arab Amirliklarining nufuzli Zayed Sustainability Prize (Zayed Barqaror Rivojlanish Tanlovi)da yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi finalchisiga aylandi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati. 

Tanlovnig beshta yo‘nalishiga dunyoning 129 davlatidan 2373 ta ariza kelib tushgan. Final bosqichi ishtirokchilari, jumladan Toshkent shahridagi 22-maktab 2020-yilning yanvarida Abu-Dabida bo‘lib o‘tadigan taqdirlash marosimiga taklif etildi. G‘oliblar aynan ushbu marosimda e'lon qilinadi. Maktablar yo‘nalishida har bir mintaqa g‘olibiga o‘z loyihasini amalga oshirish uchun 100 ming AQSh dollari miqdorida mukofot beriladi.

Zayed Sustainability Prize 2008-yildan Birlashgan Arab Amirliklarining asoschisi Shayx Zayed bin Sulton Al Nahyon xotirasiga atab o‘tkazila boshlangan. Umumiy sovrin jamg‘armasi 3 million AQSh dollari bo‘lgan tanlov har yili sog‘liqni saqlash, oziq-ovqat xavfsizligi, suv ta'minoti, energetika va global maktablar yo‘nalishlarida barqaror rivojlanish bo‘yicha eng yaxshi loyihalarni taqdirlab keladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech