08 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,2 °C

Bilasizmi?
16 Iyun  2020 1551

21 iyun kuni Oʻzbekistonda quyosh tutilishini kuzatish mumkin

Yakshanba kuni Yer yuzi aholisi qiziqarli astronomik hodisalardan biri – Halqasimon Quyosh tutilishini kuzatishlari mumkin. Ushbu tutilish toʻliq shakldagi Halqasimon tutilish hisoblanib, tutilishning toʻliq fazasida Quyosh yuzasining 99,4 foizini tashkil qiladi. Quyosh tutilishi toʻliq fazasining davomiyligi 38 sekundga teng boʻladi.

Ushbu astronomik hodisa Afrika, Arabiston yarim oroli, Yevroosiyo, Yapon va Malay arxipelagi hamda Avstraliya hududlarida joylashgan 111 ta davlatda kuzatish mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasining hamma hududida qisman Quyosh tutilishi kuzatiladi. Quyosh tutilishi eng katta qiymatiga erishgan vaqtida Respublikamizning shimoli-gʻarbiy hududlarida yaʼni, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida Quyosh yuzasining 39% dan 50% gacha boʻlgan qismi, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent, Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida esa Quyosh yuzasining 58% gacha boʻlgan qismi Oy tomonidan toʻsiladi. Yurtimizning eng janubiy hududi – Termiz shahrida esa bu qiymat 63% gacha yetadi. Oʻzbekiston aholisi quyidagi jadval asosida tutilishni kuzatishlari mumkin, deb xabar beradi Oʻzbekiston fanlar Akademiyasi matbuot xizmati.

Quyosh tutilishi Toshkent vaqti bilan 10:01 da boshlanadi, maksimum fazasi esa 11:24 da kuzatiladi. Shu paytda Oy Quyosh yuzasining 51% ini toʻsadi va bu vaqtda Quyoshning gorizontdan balandligi 68° ni tashkil qiladi. Toshkent shahrida Quyosh tutilishining umumiy davomiyligi 2 soat 49 daqiqani tashkil etadi. Soat 12:51 da Quyosh tutilishi yakuniga yetadi. Ushbu qiymatlar faqat Toshkent shahri uchun hisoblangan boʻlib, tutilishning boshlanishi, maksimal qiymati va tugashi yurtimizning boshqa hududlarida ham shunga yaqin vaqtlarda va qiymatlarni aks etgan holda yuz beradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech