22 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,8 °C

Sport
25 Iyun  2019 578

2026-yilgi qishki Olimpiada o‘yinlari Italiyada bo‘ladi

Lozannada XOQning 134-sessiyasida 7 yildan so‘ng bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiya o‘yinlariga mezbon shahar nomi aniqlandi, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

2026-yili o‘tkaziladigan Olimpiadaga nomzod shaharlar orasida Italiyaning Milan va Kortina d’Ampetsso (birgalikda) hamda Shvetsiyaning Stokgolm shaharlari so‘nggi bosqichigacha yetib kelishdi. Yakuniy ovoz berish natijalariga ko‘ra, XXV qishki Olimpiya o‘yinlariga Milan va Kortina d’Ampetsso shaharlari mezbon, deb topildi. Ushbu musobaqa 2026-yilning 6-22-fevral kunlari o‘tkaziladi.

Ma'lumot uchun, Kortina d’Ampetsso shahrining o‘zi 1956-yili VII qishki Olimpiadaga mezbon bo‘lgan. Italiyaning boshqa bir shahri Turin 2006-yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarini qabul qilgan edi. Eslatib o‘tamiz, 2022-yilgi qishki Olimpiada Xitoyning Pekin shahrida o‘tkaziladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech