04 Dekabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +1,9 °C

Sport
16 May  2020 1513

2026-yilgi oʻsmirlar Olimpiadasi qayerda oʻtadi

Tailand 2026-yili boʻlib oʻtadigan beshinchi oʻsmirlar yozgi Olimpiadasiga mezbonlik qilish niyatida.

Mahalliy nashrlarning xabar berishicha, hukumat ushbu tashabbus haqida kelasi hafta Xalqaro Olimpiya qoʻmitasiga rasmiy maktub yoʻllaydi.

Tashkilotchilar allaqachon musobaqa shiorini ham oʻylab qoʻyishgan. Unga koʻra, “Youth Olympic Games by Youth with Youth for Youth”, yaʼni “Yoshlar uchun yoshlar bilan oʻtadigan yoshlar Olimpiya oʻyinlari” iborasi ularning bosh shioriga aylanadi. Musobaqa Tailandning Bangkok va Chonburi shaharlarida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Tailand beshinchi oʻsmirlar yozgi Olimpiadasini qabul qilish niyatida boʻlgan yagona nomzod emas. Bungacha Kolumbiyaning Medelin va Rossiyaning Qozon shaharlari ham mazkur kompleks musobaqani qabul qilish istagi bilan chiqqan, deb xabar beradi Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech