18 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +4,9 °C

Kеyingi avlod
1 Fevral  2019 1947

2021-yildan yurtimiz maktablarida savodxonlik testi joriy etiladi

O‘zbekistonda 2021-yildan boshlab PISA xalqaro tadqiqotlari tatbiq etiladi. Bu haqda kuni kecha Xalq ta’limi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda joriy yilda ilk bor o‘tkazilayotgan umumta’lim muassasalarining reytingini aniqlashga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish, nazorat ishlari va ijtimoiy so‘rovnomalarni o‘tkazish masalalari muhokama etildi. Shuningdek, xalqaro tadqiqotlarni samarali tashkil etish bo‘yicha taklif va mulohazalar tinglandi.

Reytingni aniqlashga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish jarayonida ishchi guruhlar tomonidan har yili mart va may oylarida umumta’lim muassasalari 9-sinf o‘quvchilarining bilim darajasini aniqlash maqsadida yozma ish yoki test sinovlaridan iborat nazorat ishlari o‘tkazilishi qayd etildi. Jumladan, 9-sinf o‘quvchilari ona tilidan diktant, matematikadan bitta masala va to‘rtta misol yechishi belgilandi.

Yig‘ilish doirasida o‘quvchilarning ta’limiy yutuqlarini baholash bo‘yicha PISA xalqaro dasturi dunyoning barcha davlatlaridagi o‘quvchilarning savodxonligini baholash va ushbu bilimlarini amaliyotda qo‘llashni bilish darajasini baholovchi test ekanligi alohida ta’kidlandi. Bu testlar 3 yilda bir marotaba o‘tkazilib, unda 15 yoshli o‘smirlar qatnashadi.

Shuningdek, yig‘ilishda PISA xalqaro tadqiqotlari mamlakatda 2021-yildan boshlab tatbiq etilishi aytilib o‘tildi va ushbu jarayonga xalq ta’limi tizimi va boshqa tegishli tashkilotlar puxta tayyorgarlik ko‘rishlari kerakligi ta’kidlandi va zarur topshiriqlar berildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech