23 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +17,7 °C

Sport
6 Dekabr  2019 1167

2021-yildan O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatiga ruxsat beriladi

“O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Farmon bilan O‘zbekistonda professional futbolni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi.

Iqtidorli yosh futbolchilarni tanlash va saralab olish (seleksiya) tizimini takomillashtirish, yetakchi futbol klublariga “futbolchilar eksporti”ni amalga oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish kabilar shular jumlasidandir.

Farmonga muvofiq, bolalar-o‘smirlar futbol maktablari negizida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi futbol mahorat maktablari hamda bolalar va o‘smirlar sport maktablari tashkil etildi.

Shuningdek, 2020/2021-o‘quv yilidan boshlab tegishli ta'lim muassasalarida sport shifokori, sport psixologi, sport farmakologi, sport huquqshunosi va sport dietologi yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash tashkil qilinadi.

2021-yilgi futbol mavsumidan boshlab Superliga jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvlarda adolat va shaffoflikni ta'minlash maqsadida VAR (Video Assistant Referee, video yordamchi hakam) tizimi joriy etiladi.

Farmonga ko‘ra, 2021-yil 1-yanvardan boshlab  futbolning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berildi.

2020-yil 1-iyunga qadar bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq qonun hujjatlari loyihalari ishlab chiqiladi.

Ularda bukmekerlik faoliyatini litsenziyalash Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshirilishi, ushbu faoliyatni davlat tomonidan nazorat qilish mexanizmlari joriy etilishi kabilar nazarda tutiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech