29 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +1,6 °C

Salomatlik
12 May  2020 6420

2 010 kishi butunlay sogʻaydi

Andijonda 4 nafar, Namanganda 2 nafar, Surxondaryoda 4 nafar, Toshkentda 12 nafar, jami 22 nafar bemor butunlay sogʻaydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Andijonda darddan forigʻ boʻlganlarning 2 nafari erkak, 2 nafari ayol boʻlib, ular orasida eng yoshi kattasi 66 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 2018-yil tugʻilgan.

Andijonda shu paytga qadar 162 nafar bemor sogʻaygan, 7 nafar bemor davolanmoqda.

Namanganda 2 nafar sogʻayganlarning biri 54 yoshli erkak, ikkinchisi 72 yoshli erkak.

Namanganda tuzalganlar soni 197 nafar, yana 39 nafar bemor davolanyapti.

Surxondaryoda 4 nafari tuzalganlarning hammasi erkak kishi boʻlib, eng yoshi kattasi 64 yoshli, eng yoshi kichigi 33 yoshli ekan.

Surxondaryoda shu paytga qadar sogʻayganlar 40 nafarga yetdi.

Poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 6 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 6 nafar bemor butunlay sogʻaydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Bemorlardan 10 nafari erkak, 2 nafari ayol. Ular orasida eng yoshi kattasi 72 yoshda boʻlsa, eng yoshi 4 yoshda.

Toshkent shahrida shu paytga qadar sogʻayganlar 628 nafar yetdi.

Hozirda mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻayganlar 2 010 nafarni tashkil etadi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech