05 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,1 °C

Dolzarb
20 May  2020 398

20-mayda dunyoda nima gap?

Pandemiya sabab jahon iqtisodiyotining inqirozi taʼsirida dunyo boʻylab 60 millionga yaqin kishi qashshoqqa aylanishi mumkin, deb ogohlantiradi Interfaks axborot manbai.

AQSH prezidenti Donald Tramp JSST rahbariyatiga 30 kun davomida Vashingtonning islohot oʻtkazish talabini bajarish toʻgʻrisida ochiq xat yoʻlladi. Tashkilot ochiq xatni rad etgan taqdirda AQSH JSTTni moliyalashtirishni va tashkilotga aʼzolikni toʻxtatadi, deb xabar beradi The Guardian.

Avvalroq koronavirusdan zararlanib kasalxonaga yotqizilgan Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri Mixail Mishustin oʻz xizmat vazifasiga qaytdi, deb xabar beradi RIA Novosti.

The National tarqatgan xabarga koʻra, koronavirus epidemiyasi sabab chegarada qolib ketgan BAA aholisi 1-iyunda amaldagi viza bilan qaytishlari mumkin ekan.

Germaniyada ragʻbatlantirish toʻlovlari 12 milliard yevroga yetdi. Mablagʻlar koronavirus pandemiyasi sabab aziyat chekkan 1,5 millionga yaqin kichik biznes va oʻz-oʻzini ish bilan taʼminlash ishlari uchun ajratiladi, deb xabar beradi DW.

Reutersning xabar berishicha, Niderlandiyada 2-iyundan yuqori sinf oʻquvchilari oʻqishi tiklanadi. 1-iyundan boshlab kafe va restoranlar 30 kishidan ortiq tashrif buyuruvchilarni qabul qilishlari mumkin. Faqat ijtimoiy masofaga qatʼiy rioya etish zarur boʻladi.

Buyuk Britaniyada ishsizlik darajasi soʻnggi 24 yil ichida rekord koʻrsatkichga yetdi. Aprel oyida ishsizlar soni 2,1 milliongacha oʻsdi, deb xabar beradi The Guardian.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech