29 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,3 °C

Xavfsizlik
7 May  2020 818

2 yoshli bolaning haqqini o‘margan

Qashqadaryo viloyati Koson tumani «Ravot» mahallasida yashovchi ayolning plastik kartasidagi puli  bir pasda «g‘oiyb bo‘ldi».

Qizig‘i shundaki, uning o‘zining nomidagi AT «Xalq banki» tomonidan berilgan plastik kartasiga endigina 2 yoshli farzandining nafaqa puli tushgan edi. Ushbu voqyea u kishini 2-mayda Koson tumani IIBga murojaat qilisha majbur qiladi.

Aniqlanishicha, 1 448 300  so‘m pul yashirin ravishda kompyuter tizimiga kirib o‘g‘irlik yo‘li bilan talon-toroj qilingan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu o‘g‘irlik jinoyatini Koson tumani «Regzor» mahallasida yashovchi fuqaro tomonidan «Click» xizmati orqali kompyuter tizimiga ruxsatsiz kirib sodir etganligi aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Koson tuman IIB huzuridagi TB tomonidan ushbu fuqaroga nisbatan  Jinoyat kodeksining 169-m. 3-q «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deb xabar beradi IIV  matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech