08 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,2 °C

Xavfsizlik
5 Iyul  2020 441

2 kishi YTH qurboni, uch kishining hayoti xavf ostida

Jizzaxda YTH oqibatida ikki kishi vafot etgan, uch nafari esa jonlantirish boʻlimida.

2020-yil 2-iyul soat 15:00 larda Gʻallaorol tumani Oqtom MFY hududidan oʻtgan 4R-40 “Gʻallaorol-Oʻsmat” yoʻlining 40 kilometrida Gʻallaorol yoʻnalishi boʻyicha harakatlanib borayotib “Nexia” rusumli avtomashina qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan “Damas” rusumli avtomashina bilan toʻqnashib yoʻl transport hodisasini sodir etilgan.

Maʼlum boʻlishicha, YTH “Nexia” rusumli avtomashina haydovchisining boshqaruvni yoʻqotishi natijasida sodir etilgan.

Oqibatda, “Damas” rusumli avtomashinaning 42 va 47 yoshli yoʻlovchilari tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

“Nexia” rusumli avtomashina haydovchisi, shuningdek, 28 va 15 yoshli yoʻlovchilari Gʻallaorol tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Gʻallaorol tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar oʻlimiga sabab boʻlgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Shuningdek, xabarda yoʻl harakati ishtirokchilarini transport vositasini boshqarayotganda amaldagi “Yoʻl harakati qoidalari” ga rioya qilishga, hamda oʻzi va boshqalarning hayotiga befarq boʻlmaslikka chaqiradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech