22 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,3 °C

Xavfsizlik
9 Fevral  2019 1009

18 million so‘mlikdan ziyod tibbiyot uskunalarni fosh etildi

Samarqand xalqaro aeroportiga “Qozon-Samarqand” yo‘nalishidagi aviareys bilan uchib kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi A.Sh. bojxona nazoratidan o‘tayotganida bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan va tegishli ruxsatnomasiz “Averon” nomli, umumiy bahosi 18 million so‘mdan ziyod tibbiyot uskunalarni yashirib o‘tayotganligi ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 8-iyundagi “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kirish hamda olib chiqish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 191-sonli qaroriga ko‘ra dori vositalari va tibbiy buyumlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga tegishli ruxsatnoma asosida olib kirishga ruxsat berilgan.

Sud qaroriga ko‘ra, ushbu qonunbuzarga eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida jarima jazosi tayinladi.

Shuningdek, huquqbuzarlik ashyosi sifatida olingan tibbiyot uskunalari tegishli tartibda yo‘q qilindi.

Aytish joiz, 2018-yilda “Samarqand aeroporti” chegara bojxona postida umumiy qiymati 290 mln. so‘mga yaqin 16 ming donadan ziyod tibbiy amaliyotda foydalanishga yaroqsiz deb topilgan tibbiyot buyumlari hamda dori vositalarining olib kirilishining oldi olingan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech