26 Fevral 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +17,8 °C

Sport
12 Dekabr  2019 639

17 yoshli og‘ir atletikachi qizimiz Jahon kubogida sovrindor bo‘ldi

Xitoyning Tyanszin shahrida og‘ir atletika bo‘yicha Jahon kubogi davom etmoqda. Bugun musobaqaning og‘ir vaznli sportchilari o‘rtasida kechayotgan bahslari ham terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli boshlandi.

Ayollar o‘rtasida -81 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan vakilamiz Tursunoy Jabborova dast ko‘tarishda 100 kg, siltab ko‘tarishda 120 kg va ikki kurash bo‘yicha 220 kilogramm natija qayd etdi, deb xabar qiladi MOQ matbuot xizmati.

Ta'kidlash joiz, 17 yoshli sportchimiz bu natija bilan barcha yo‘nalishlarda kumush medalga sazovor bo‘libgina qolmay Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasi uchun ham qimmatli reyting ochkolarini qo‘lga kiritmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech