18 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,9 °C

Turizm
4 Yanvar  2019 1861

Ikki yilda 2100 kishi havoga ko‘tarildi

O‘zbekiston aeronavtika federatsiyasi 6-yanvar kuni ikki yoshga to‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ko‘magida amalga oshirilgan ishlar haqida Birlashma raisi Tohir Soliyev so‘zlab berdi.

Aeronavtlar 30 dan ziyod xalqaro va respublika tadbirlarida ishtirok etgan. Ana shu davr ichida federatsiyaning havo apparati 2100 mehmon bilan 325 marta bog‘lanma ko‘tarilishni amalga oshirdi. Dastlabki 200 kishi mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ijtimoiy kam ta’minlangan oilalar farzandlari va jismoniy imkoniyatlari cheklangan fuqarolar bo‘lishdi.

Havo shari 17 bor O‘zbekistonning tarixiy diqqatga sazovor joylari uzra ko‘tarilgan. Toshkent, Buxoro, Xiva va Shahrisabz aholisi bu uchish apparatini ilk bor o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishdi. Yangi yil kechasi havo shari poytaxt uzra ham ko‘tarilishi kerak edi. Tohir Soliyevning aytishicha, barcha zarur ruxsatnomalar olingan, biroq yong‘inga qarshi kurash boshqarmasi inspektorlari tomonidan bayram parvozlari taqiqlangan.

P.S. Tohir Soliyev bilan bundan ikki yil muqaddam Aeronavtika federatsiyasi tashkil etilishi haqida maqola tayyorlash jarayonida tanishganmiz. Uning: «Bir orzuim bor, va albatta, uni amalga oshiraman. Bolalar va og‘ir xastalikdan aziyat chekuvchilar uchun havo sharida sayohat uyushtirish. Ular parvozdan kuchli taassurot olishsin, uchish ularga hayot uchun kurashishga turtki bersin», degan so‘zlarini sira unutmayman.

Sanjar Yoqubov.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech